Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zil}
So‘z bo‘g‘inlari: zil
Izoh(lar)i:
zil ys

1. Yerdan uzib bo‘lmaydigan darajada og‘ir (narsa, yuk haqida). Zil yuk. Loyga tushdi yugurib shu chog‘, zil shotini ko‘tardi azot. Mirmuhsin
Shofyor zil gavdasini bir tebratib qo‘yib, yana gapga tushib ketdi. Mushtum

2. Kishiga og‘ir botadigan, og‘ir tegadigan. Hazil, hazilning tagi zil. Maqol

3. Bir-biriga urib chalinadigan, metall disklar shaklidagi musiqa asbobi; — Madaniyat uyi asboblar sotib olgani pul berdi. Hoziroq baraban, zil, karnay sotib oldik, — dedi Sobirjon Mashrabga. Sh. Sa’dulla, Ikki bilaguzuk

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: og‘ir

1. zil I Ot
bir-biriga urib chalinadigan musiqa asbobi

2. zil II Sifat
og‘ir, qo‘zg‘atib bo‘lmaydigan

3. zil III Ot
hijolatli kamsitish hissini boshidan kechirmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. avzoyi buzildi: vajohati yomonlashdi, achchiqlandi

2. bag‘ri ezildi: ruhan azoblandi

3. ichagi uzildi I: 1) qotib-qotib kuldi 2) uzluksiz va qattiq yig‘lab charchadi(chaqaloq)

4. ichagi uzildi II: juda-juda ochiqdi

5. joni uzildi: o‘ldi, so‘nggi marta nafas chiqardi

6. kayfiyati buzildi: kayfiyati yomonlashib, xafa bo‘ldi

7. ko‘zilari chanog‘idan chiqar bo‘ldi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) hayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi

8. uzildi: vafot yetdi

9. yuragi ezilmoq: ruhan azoblandi

10. yuragining chigili yozilmoq: xafachiligi tarqadi

11. yurak-bag‘ri ezilmoq: ruhan azoblandi

1. Ablah – yaramas – razil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. Bo‘lmag‘ur – be’ma’ni – noma’qul – nodurust – tuban – jirkanch – rasvo – yaramas – razil – qabih
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kam-ortiqligiga ko‘ra )

3. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

4. Gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – qirmizi
Ma’nosiga ko‘ra
(rang darajasining ortib borishiga ko‘ra)

5. Jirkanch – qabih – razil – manfur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortiqligiga ko‘ra)

6. O‘tirmoq – yonboshlamoq – cho‘zilmoq – uzala tushmoq – yotmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(holat darajasiga ko‘ra)

7. Og‘ir – vazmin – zil – zalvorli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

8. Qizg‘ish – qizil – qip-qizil
Ma’nosiga ko‘ra
(rang miqdorining oshib borishiga ko‘ra)

9. Yaramas – nomard – ablah – iflos – razil – badkor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.