Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {vazmin}
So‘z bo‘g‘inlari: vaz-min
Izoh(lar)i:
vazmin sf

1. 1. Og‘irlik o‘lchami katta, katta og‘irlikka ega; yengilning aksi, og‘ir. Vazmin tosh. Vazmin yuk. Yigitalining hovlisiga vazmin cho‘yan darvoza orqali kirilar, uning yonboshidagi kichik uychada cho‘qqisoqol qorovul o‘tirardi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Vazminroq jangchi yo‘liqib qolsa, jang maydonidan olib chiqishda qiynalar edi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. ko‘chma hma Bir maromda, og‘ir, ohista va salobatli (harakat, yurish-turish va shu kabilar haqida). Vohid Mirobidov olimlarga munosib did bilan bezatilgan keng, bahavo xonasida vazmin odimlab, yana uzoq yurdi. O. Yoqubov, Diyonat
Jiydalarning egilgan novdalari vazmin tebranadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Atrofdagi sahro tunining vazmin sukunati allamahal bo‘lib qolganini bildirardi. A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat

3. 3. Tabiatan bosiq; og‘ir. Bir qarashda vazmin, muloyim ko‘ringan bu juvon ancha sho‘x ekan. S. Nurov, Narvon
U [Mirjalil] vazmin, har qanday sharoitda ham o‘zini tutib turadi. Gazetadan

Sinonim(lar)i: og‘ir
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Og‘ir – vazmin – zil – zalvorli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.