Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yopiq}
So‘z bo‘g‘inlari: yo-piq
Izoh(lar)i:
yopiq [yo-piq ]

1. O‘tish yoki kirish-chiqish joyi to‘sib, bekitib qo‘yilgan; berk. Uylarning eshiklari, derazalari taqa-taq yopiq. Oybek, Tanlangan asarlar

2. To‘silgan; bekitilgan. Nuri—quyoshda ku-mushday yaltirovchi banoras paranjida; yuzi qat-qat shoyi ro‘mollar bilan yopiq, xonaning ostonasi yonida sal egilib turadi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Usti bekitilgan, yopilgan. Ertalab soat yettilarda yotoqxona oldiga usti yopiq yuk mashinasi keldi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. Tamom bo‘ldi, tugadi. — Majlis yopiq, — e’lon qildi Madyorov. Sh. Toshmatov, Erk qushi

Antonim(lar)i: ochiq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. yopiq I Sifat
bekitib qo‘yilgan

2. yopiq II Ot
otga yopiladigan mato

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.