Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {aniq}
So‘z bo‘g‘inlari: a-niq
Izoh(lar)i:
aniq [a-niq ]

1. Eshitish, ko‘rish, tushunish jihatdan yaxshi, to‘la ifodali. Aniq javob. Aniq ko‘rsatmalar. Aniq eshitmoq. Saodatxon orziqib javob kutar, Tojiboy aka bo‘lsa, aniq javob bermay, gapni aylantirar edi. S. Zunnunova, Olov

2. Haqiqatga mos, haqiqiy. Buni qarangki, shunday soddagina, lekin aniq faktlarga asoslangan fikr-mulohazalar respublika partiya tashkilotining o‘sha vaqtdagi rahbarida qahr-g‘azab uyg‘otibdi. -

3. Bekam-ko‘st va to‘g‘ri. Aniq hisob-kitob va reja bilan boshlangan ish unumli bo‘ladi. Saodat

4. Belgili, ma’lum. Gulro‘yning faryodi sababmi yo oqsoqollarning o‘zlari aniq bir to‘xtamga kelishdimi, ishqilib, shu tunning o‘zidayoq qabristonga yo‘l olishdi. -

5. Fikrning chinligini bildiradi; albatta, shubhasiz. Xolmirza aka ichidan shu g‘ayrating bo‘lsa, ikki yilda Xirmontepadan aniq ayrilamiz, deb o‘ylaydi. A. Qodiriy, G‘irvonlik Mallavoy

Antonim(lar)i: mavhum [a], noaniq [f-t+a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.