1. rvsh. Boshqalarga bildirmasdan, sezdirmasdan, maxfiy ravishda; pinhona.
Yashirincha termilmoq. Yashirincha ko‘z qismoq. Yashirincha ish tutmoq. Yashirincha qarash.
▬
Mastura sekingina yo‘rg‘alab, uyga bordi-da, onasidan yashirincha bir siqim chuvilgan paxtani qo‘yniga tiqib keldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Nuri palak ostida, yosh ayollar bilan qurshalgan holda turar ba’zan yallachilarga yashirincha mo‘ralab qo‘yar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar