1. Ish-harakat uchun qulayligi yo‘q; qulaylik bermaydigan, qo‘l kelmaydigan; o‘ng‘aysiz.
Noqulay kreslo. Bektemir noqulay yerda uzala tushib yotar va tinmasdan otar edi.
Oybek, Quyosh qoraymas
2. Muvofiq kelmaydigan, nomuvofiq.
Noqulay payt. Bahorda ob-havo noqulay kelishiga qaramasdan, bu zvenodagi kishilarning fidokorona mehnati natijasida paxtadan yana mo‘l hosil yetishtirildi.
N. Safarov, Qurbonali
3. Kishini o‘ng‘aysiz ahvolga soladigan, xijolat qiladigan; xijolatli.
Bu gapni unga siz ayting, menga noqulay.
Gazetadan