Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muvofiq} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mu-vo-fiq-lash-moq
Izoh(lar)i:
muvofiq sf

1. 1. Mos, to‘g‘ri keladigan, munosib, loyiq. O‘ziga muvofiq ish topmoq. Qo‘qonga chopar yubormoqchi bo‘ldilar, bu ishning muvofiq kishisi, albatta, Hasanali bo‘lganligidan chopar bo‘lib belgilandi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Chittak deb laqab qo‘ygan kishi Nabigulga juda muvofiq laqab qo‘yibdi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak

2. 2. Monand, yarasha, mos. Gapiga muvofiq javob.

3. (j. k. bilan) ko‘m. vzf. zf. Binoan, asosan, ko‘ra. Qonunga muvofiq. Farmonga muvofiq. An’anaga muvofiq. Ularning o‘zaro pisandalariga muvofiq yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekin o‘tadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.