1. 1. Ko‘rmoq fe’lidan ravishdosh.
Meni ko‘ra o‘rnidan turdi.
▬
— O‘z rohatimni ko‘zlab, sizning oshingizni kutib qolsam, besh kishini, ko‘ra-bila turib, och qo‘ygan bo‘laman, — dedi Otabek.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. ko‘m. (j. k. bilan) an) Sabab, asos munosabatini bildiradi; asosida, muvofiq, binoan.
Shunga ko‘ra. Taomilga ko‘ra.
▬
Tuzilgan bitimga ko‘ra, Abdulatif Samarqandga yuborildi.
Mirmuhsin, Me’mor
Otam, o‘z kasbining taqozosiga ko‘ra, umrining ko‘p qismini safarlarda o‘tkazgan odam.
Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
3. ko‘m. (ch. k. bilan) an) Qiyos, taqqoslash munosabatini bildiradi; nisbatan, qaraganda.
Siz buni mendan ko‘ra yaxshiroq bilasiz. Undan ko‘ra bu yaxshiroq.
▬
Peshtaxtalar oldida xaridordan ko‘ra ko‘proq uymalashgan sotuvchilar tillaridan bol tomib, mollarini ta’riflashadi.
N. Aminov, Suvarak
Masala u o‘ylaganidan ko‘ra chuqurroq ko‘rinardi.
F. Musajonov, Himmat
Me’mor hatto o‘z o‘g‘li Nizomiddindan ko‘ra ham Zavrakning gaplariga ishonardi.
Mirmuhsin, Me’mor
4. 1. Tunuka-temirdan tarnov shaklida yasalgan, kabob pishiriladigan asbob.
Doshqozonlardagi jajji gumbazday sap-sariq palovning, ko‘kish tutun chiqib turgan ko‘ralardagi sixkabobning hidi hamma yoqni tutib ketgan.
S. Siyoyev, Avaz
5. 2. Pista ko‘mir tayyorlanadigan chuqur.
6. 3. Temirchi va zargarlarning metall eritadigan o‘chog‘i.
Temirchidan bir ko‘ra bilan dam so‘rab oldi.
Sharq yulduzi
Mana, otaning loydan yasalgan to‘rt burchakli ko‘rasi, o‘choqdagi ko‘mirga havo beruvchi, echki terisidan yasalgan dami ustaxonadan joy olgan.
Gazetadan
7. 4. Ziynatli chinni idish; vaza.
[Zumrad] Devorlarning naqshini tomosha qildi, ko‘ralar va ipak gilamlarni bir-bir ko‘zdan kechirib, ajablandi.
Oybek, Ulug‘ yo‘l
Sirtiga turli afsonaviy qush va hayvonlarning suratlari solingan chinni ko‘ralar, idish-oyoqlar tokchalarga tizilgan.
M. Osim, Karvon yo‘llarida
8. shv. hv. Tunukadan ishlangan, og‘zi kattaroq jo‘mraksiz obdasta.
Bola kuchi yetsa — chelak sudrab, yetmasa — ko‘ra ko‘tarib, sahnga suv separ edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
9. Toshloq, qum-shag‘alli yerlarda suvni tortib ketadigan g‘ovak joy; o‘pqon.
Dashtdagi bog‘bon sug‘orish pallasi kechasi-yu kunduzi shunday ko‘ralar og‘zini berkitish bilan band bo‘ladi.
A. Ibodinov, “Latofat do‘konidagi qatl
Bog‘bonlar ko‘ra deb ataydigan, kuldirgichga o‘xshash bunday teshiklardan shag‘al o‘pqoni bir zumda bir tegirmon suvni yutib yuboradi.
A. Ibodinov, Latofat do‘konidagi qatl.