Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bo‘yicha}
So‘z bo‘g‘inlari: bo‘-yi-cha
Izoh(lar)i:
bo‘yicha [bo‘-yi-cha ]

1. ko‘m.(bosh kelishikdagi so‘z bilan)

2. Muvofiq, binoan, ko‘ra. U shart bo‘yicha Shoqosimga ovqat, yotish uchun juvozxona oldidan bir hujra berdi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Oid, tegishli, doir. Klassik kurash bo‘yicha mamlakat chempionati boshlandi. Gazetadan

4. Sohasida, masalasida. Hotam aka brigadasi meva yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib oldi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

5. Holatida, shaklida. Atrof tinch, sahro yaratilgan bo‘yicha go‘yo qotib qolganday. K. Yashin, Hamza

6. Hudud-joy nomlari bilan birga kelib, harakat, hodisa yoki voqeaning shu joyga taalluqli ekanligini bildiradi. Bultur butun O‘zbekiston bo‘yicha paxtadan rekord hosil olindi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: muvofiq [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.