1. 1. Mos, to‘g‘ri keladigan, munosib, loyiq.
O‘ziga muvofiq ish topmoq.
▬
Qo‘qonga chopar yubormoqchi bo‘ldilar, bu ishning muvofiq kishisi, albatta, Hasanali bo‘lganligidan chopar bo‘lib belgilandi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Chittak deb laqab qo‘ygan kishi Nabigulga juda muvofiq laqab qo‘yibdi.
A. Qahhor, Qanotsiz chittak
2. 2. Monand, yarasha, mos.
Gapiga muvofiq javob.
3. (j. k. bilan) ko‘m. vzf. zf. Binoan, asosan, ko‘ra.
Qonunga muvofiq. Farmonga muvofiq. An’anaga muvofiq.
▬
Ularning o‘zaro pisandalariga muvofiq yangi yerlar, chiqariladigan suvlar Teshaboyga tekin o‘tadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha