Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mos} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mos-la-moq
Izoh(lar)i:
mos sf

1. 1. Bir-biriga to‘g‘ri; o‘xshash, monand. Ikki sevguchi qalbning orzulari, o‘ylari, qarashlari har masalada g‘oyat mos kelar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Munosib, loyiq. Kelin bilan kuyov bir-biriga juda mos. Mos nomzod(lar).

3. 3. To‘g‘ri keladigan; loyiq, bop. Kombinezon bilan rezinka etik juda katta edi, unga [Luqmonchaga] mosini ombordan topisholmadi. A. Muxtor, Tug‘ilish

4. 4. Muvofiq, uyg‘un. Har tomondan vit-vit, chig‘i-chig‘i deb sayragan qushlarning turli qo‘shiqlari soyning nashasiga mos bir muzika hosil qilgan. P. Tursun, O‘qituvchi
Ko‘kraklar oyoqlarning ohangdosh uchishiga mos dirkillaydi. Oybek, Quyosh qoraymas

5. 5. Bir turdagi (o‘yin qartasi haqida). Qarta mos keldi. Mos tushdingiz.

Antonim(lar)i: qarama-qarshi , zid [a]
Sinonim(lar)i: loyiq [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mast – [f] Kayf qilgan; nash’aga cho‘mgan, zavqlangan.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.