Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qarama-qarshi}
So‘z bo‘g‘inlari: qa-ra-ma--qar-shi
Izoh(lar)i:
qarama-qarshi [qa-ra-ma-qar-shi ]

1. Bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan, xilof, biri ikkinchisini inkor etadigan, bir-biriga zid, xilof. Qarama-qarshi fikrlar. Qarama-qarshi talablar.◆G‘ulomjon shu xil qarama-qarshi o‘ylar bilan etini yeb, uzoq o‘tirdi. Ketay desa, ilinj qo‘ymaydi, ketmay desa — o‘kinch. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. Qarama-qarshi kuchlar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Qarama-qarshi binolar. Qarama-qarshi joylashtirmoq Biri ikkinchisining ro‘parasida bo‘lgan, bir-biriga qarab turgan, ro‘baro‘.

4. Biri ikkinchisiga qarshi yo‘nalgan, qarshi yo‘nalishdagi. Qarama-qarshi shamol.◆Odamlar hamon keti uzilmay, bir qismi xiyobon tomon, boshqa qismi qarama-qarshi tomonga oshiqardi. S. Karomatov, Oltin qum.

Antonim(lar)i: mos [a]
Sinonim(lar)i: aks [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.