Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {zid}
So‘z bo‘g‘inlari: zid
Izoh(lar)i:
zid [zid ]

1. Bir-biriga xilof, qarama-qarshi, aks, qarshi. Xolisa erining mayllariga boshqa zid chiqmaslikka ahd qildi. S. Nurov, Narvon

Antonim(lar)i: mos [a]
Sinonim(lar)i: xilof [a], aks [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

«O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati» maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Lug‘at U.To‘rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so‘zlarni strukturasiga ko‘ra quyidagicha tasniflashgan:

1)    har xil o‘zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat;

2)    bir xil o‘zakli zid ma’nolilar: madaniyatli-madaniyatsiz, aqlli-aqlsiz, ongli-ongsiz;

Lug‘atda zid ma’noli so‘zlar juftlashtirib berilgan:

aniq-noaniq

axloqli-axloqsiz

bahorgi-kuzgi

kabi. Bunda bir so‘zga bir ma’nodoshlik qatoridagi barcha so‘z zidlanishi mumkin:

  abjir – lavang, landavur, lapashang, noshud, og‘zidagi oshini oldiradigan, uquvsiz, sustkash, tepsa-tebranmas, epashang.

  Agar so‘z ko‘p ma’noli, har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zga zidlansa, zidlari nuqtali vergul bilan ajratilgan:

  ajraldi – qo‘shildi; yarashdi kabi.

Zid ma’nolilik– so‘z, ibora va qo‘shimchaning o‘zaro zid ma’no asosidagi munosabati. Uning leksik (yaxshi – yomon, keng – tor), morfologik (li – siz), frazeologik (qo‘li uzun – qo‘li kalta) ko‘rinishi mavjud. Zid ma’nolilikni hosil qiladigan belgi – asos ma’nodagi zidlik. Qo‘shimcha ma’nosidagi zidlik antonimlik hosil qila olmaydi. Mas., chehra va bashara so‘zi qo‘shimcha ma’nosi bilan farqlanadi. Inkor yoki fe’lning bo‘lishlibo‘lishsizlik shakli ham antonimlik hosil qila olmaydi.Mas., o‘qidi va o‘qimadi fe’llari o‘zaro antonim emas. Ma’nodagi zidlik asosida bo‘ladigan inkor bilan biror narsa, belgi yoki harakatning aynan o‘zining inkor etilishini farqlash kerak. Zid ma’nolilikda, yuqorida ko‘rilganidek, o‘zaro zidlik yotadi. Bu zidlik ikki birlikning ma’nosi o‘rtasida bo‘ladi. Oddiy inkorda esa, aynan bir narsa, belgi yoki harakat inkor etiladi. Bunda o‘zaro qaramaqarshi turadigan ikki narsa, ikki belgi, ikki harakat bo‘lmaydi. Mas., tun, qora, olmoq so‘zi bildirgan narsa, belgi, harakat inkor etilishi bilan tun emas, qora emas, olmadikabida oq – qora, bormoq – kelmoq so‘zidagiga o‘xshash zidlik yo‘q. Ko‘p ma’noli so‘zning zid ma’noliligi qanday ma’noda kelganligiga qarab belgilanadi. Bir so‘z har xil ma’nosi bilan har xil so‘zga zid ma’noli bo‘la olishi mumkin. Mas., qattiq so‘zi bir ma’nosi bilanyumshoq so‘ziga, boshqa bir ma’nosi bilan esa saxiy so‘ziga zid ma’noli bo‘ladi. Qiyoslang: qattiq predmet – yumshoq predmet, qattiq odam – saxiy odam. Zid ma’noli so‘zlar juft holda qo‘llanib ko‘chma ma’no ifodalaydi: yaxshiyomon(har xil) gaplar, ertakech (doim) xayolimdasan. Zid ma’nolilik, asosan, belgi bildiruvchi so‘z – sifat va ravishda uchraydi. Ot va fe’lda kamroq: vafo – jafo, yig‘lamoq – kulmoq kabi. Zid ma’nolilikyordamida badiiy adabiyotda tazod, antiteza san’ati hosil qilinadi. Biroq zid ma’noliliknitazod va antitezaga tenglashtirib qo‘ymaslik kerak. Zid ma’noli bo‘lmagan so‘zlar ham bu san’atni hosil qilaveradi.

Zid ma’nolilikdan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatolikni keltirib chiqaradi: Choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini tatigan kishiga o‘xshaydi. Gapdagi issiq-chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchuk juftligi ishlatilishi kerak edi.

1. dastasini o‘zidan chiqarmoq: sopini o‘zidan chiqarmoq q. Sop. kim nimani Yonidan mablag‘ yoki kuch sarf qilmay, boshqalar hisobiga ish bitirmoq.

2. gapi og‘zida qolmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

3. ichi qizidi: 1)qiziqish uyg‘ondi 2)zerikib siqildi

4. izidan chiqdi: rivoji, holati buzildi

5. izidan tushdi: qayerga borsa, zimdan ta’qib qilib bordi

6. lafzida turdi: ahdini saqladi

7. lafzidan qaytdi: ahdidan voz kechdi

8. o‘zida yo‘q: benihoya, juda– juda(xursand)

9. o‘zidan ketdi: behush bo‘ldi

10. og‘zidan bol tomadi: shirinsuxan bo‘ladi, shirnsuxanlik qiladi

11. og‘zidan ona suti ketmagan: hali yosh, tajribasiz

12. og‘zidan sut hidi keladi: hali yosh, tajribasiz

13. ona suti og‘zida: hali yosh, tajribasiz

14. ona suti og‘zidan keldi: haddan tashqari qiynalib ketdi

15. ona suti og‘zidan ketmagan: hali yosh, tajribasiz

16. so‘zida qattiq turdi: o‘z fikrini o‘tkazishga intilib qaysarlik qildi

17. so‘zida turdi I: ahdini saqladi

18. so‘zida turdi II: o‘z fikrini o‘tkazishga intilib qaysarlik qildi

19. so‘zidan qaytdi: ahdidan voz kechdi

20. yuzidan o‘ta olmaydi: biror ishni qilishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi

21. yuzidan qon tommoq: Sog‘lom, yuzlari qip-qizil kishilarga nisbatan aytiladigan ibora.

1. Qarama-qarshilik – zidlik – nizo – kelishmovchilik – ixtilof – nifoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.