Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘krak}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘k-rak
Izoh(lar)i:
ko‘krak ot

1. 1. Tananing bo‘yindan qoringacha bo‘lgan old qismi; ko‘ks. [Elmurod] Qizarguncha yuvindi, ho‘l sochiq bilan ko‘krak, bo‘yin va yag‘rinlarini obdan ishqalab, qonini betga teptirdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Shahodat mufti qariyb butun ko‘kragini yopgan bahaybat mosh-guruch soqolini qalam bilan taradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

2. 2. Ayollar ko‘ksidagi bir juft sut bezi, emizish a’zosi; emchak. Gulnorning bo‘yi o‘sib, ko‘kragi to‘lishib, butun gavdasi qizlik latofati bilan yashnagan chog‘da boyvachcha uni ko‘z tagiga olib qo‘ygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Kiyimning yuqori old qismi. Ko‘krak cho‘ntak. Uning egnidagi yakka bortli sheviot kostyum hali bo‘yiga nisbatan ingichka bo‘lgan qaddiga kenglik qiladi, ko‘kragi bir oz xalta bo‘lib, yoqasi ko‘chib turibdi. P. Qodirov, Uch ildiz
Havo isimagan bo‘lsa ham, xomsemiz hokim, formasining ko‘krak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tutindi. M. Ismoilov, Farg‘ona tong otguncha

4. ko‘chma hma Yurak, dil. Ko‘zi so‘qirdan ko‘kragi so‘qir yomon. Maqol
Uyg‘oq edim [bolani] ertaga olib ketar, har nima bo‘lganda ham, ko‘kragida onalik mehri bordir [dedi Sidiqjon]. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Gavharning yig‘i aralash bo‘g‘iq ovozi Mahkamga o‘z ko‘kragidan chiqayotganday bo‘lardi. P. Qodirov, Uch ildiz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.