Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ko‘ks}
So‘z bo‘g‘inlari: ko‘ks
Izoh(lar)i:
ko‘ks ot

1. ayn. yn. Ko‘krak. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib ta’zim qilmoq. Xonaning to‘ridagi po‘stak ustida oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan katta sallali, ola choponli domla o‘tirardi. P. Tursun, O‘qituvchi
Jingalak sochlari ko‘zlarini to‘sib turgan Raisa ikki qo‘li bilan onasining ko‘ksini ushlab, yig‘lab turardi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. ko‘chma hma Yurak, qalb. [Yo‘lchi] Gulbog‘chadagi u pari ko‘zdan g‘oyib bo‘lguncha, otni sekin yurgizib, ko‘ksidagi cheksiz shodlik bilan qanoatlangan, shirin o‘ylarga botgan holda ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar.

3. ko‘chma hma Biror narsaning o‘rtasi, ichi, bag‘ri. Yoshlar cho‘l ko‘ksini yorib, tobora ilgarilab borardi. Sh. G‘ulomov, Shonli avlod
G‘ulomjon qizlarni ko‘m-ko‘k ko‘ksiga olgan g‘o‘zaga bir necha zum suqlanib qarab turardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ko‘krak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ko‘ksi ko‘tarildi: xursand bo‘lib, benihoya ruhlandi

2. ko‘ksiga bosmoq: bag‘riga olmoq

3. ko‘ksini qalqon qilmoq: jonini ham ayamay qo‘riqlamoq, ko‘ksini tutib himoya qilmoq, daf etmoq.

4. ko‘ksini tig‘lamoq: ruhiy yoki ma’naviy azob berib, ezib, yuragini dog‘lamoq, yaralamoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.