1. 1. Gavdaning bo‘yin bilan qorin o‘rtasidagi old qismi; ko‘krak.
To‘shni to‘shga qo‘ymoq.
▬
[Zebo] Oynaga qarab, o‘zini tuzatdi. Durrachasi bilan to‘shiga yopishgan ko‘ylagini sal ko‘tarib yelpidi.
Shuhrat, Shinelli yillar
Bolam, deb bosayin to‘shima, Kelgin, bolam, chaqqon qoshima.
Rustamxon
Ayting, nima qilay?? Qizingizni to‘shiga tortgan nomard meni masxaralamaydimi?
S. Ahmad, Hukm
2. 2. Mol va qushlarning ko‘krak qismi, ko‘kragi.
Dala-tuzni suv olsa, qo‘ng‘ir g‘ozning to‘shidan.
Maqol
Tagidagi qo‘ng‘ir ot qishloq ko‘chasidan to‘shiga tuproq sachratib yo‘rtib boryapti.
M. Mansurov, Yombi
3. 3. Hayvon va parrandalarning ko‘krak oldi go‘shti, qovurg‘alardan qolgan qismi.
Norinbop to‘sh. Tuzlangan qo‘y to‘shi.
▬
Afandi g‘ozning to‘shini olib aytdi: — Men xizmatdagi qulman shu ham bo‘ladi.
Latifalar
Laganda samarqandcha mayiz palov bo‘lib, osh ustiga to‘sh va qazi qo‘yilgan.
A. Ubaydullayev, Hayot oqimi
4. ko‘chma hma Biror narsaning ko‘krakka o‘xshash, ko‘krakka nisbatlanuvchi, ko‘krakli yeri; siyna, bag‘ir.
Ona tuproq to‘shiga inson qo‘li bilan ilk chigit donalari qadaldi.
Sh. G‘ulomov, Yorqin ufqlar
Seni o‘rab olgan tog‘lar to‘shiga To‘lin oy yoymoqda kumush kokilin.
Zulfiya
5. shv. hv. Tengqur; do‘st, o‘rtoq.
Yetimda ne qilar teng bilan to‘shlar.
Ravshan
Topib o‘ynagil, ey bola, O‘zingning teng-u to‘shingni.
Tohir va Zuhra