Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {siyna}
So‘z bo‘g‘inlari: siy-na
Izoh(lar)i:
siyna ot

1. 1. Ko‘krak, ko‘ks. Eslaganda, qizning siynasi Chuqur bir oh bilan qo‘zg‘alur. H. Olimjon
Mirqosimning qo‘lidagi chaqaloq birdan yig‘lab yubordi. La’li uni qo‘liga olib, bag‘riga bosdi-da, lorsillab turgan oppoq siynasini tutdi. H. G‘ulom, Mash’al
Xanjarning tig‘i uning [Shahzoda-xonning] siynasini bir necha bor yalab o‘tdi. K. Yashin, Hamza

2. ko‘chma hma Dil, qalb, yurak. Bulbul uchib, qo‘nar zog‘lar, Siynam to‘la alam-dog‘lar. Erali va Sherali
Necha vaqtlar qo‘lim bog‘li, Bandi bo‘lib, siynam dog‘li. Yusuf va Ahmad

3. ko‘chma hma Quchoq, bag‘ir; og‘ush. Buloq ona Yer siynasidan She’r singari qaynab oqadi. E. Vohidov
Sening uchun ochiqdir keng jahonning siynasi. G‘. G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ko‘krak
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.