Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {avval}
So‘z bo‘g‘inlari: av-val
Izoh(lar)i:
avval [av-val ]

1. (asosan 1-shaxs egalik va o‘rin-payt kelishigi shaklida) Bosh(i), boshlanish(i). zid. oxir. Xullas, bugun yoshligimni eslashim va gapning avvalini shundan boshlashimning sababi boshqa. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

2. O‘tgan vaqtlar(da), hozirga qadar; ilgari. zid. hozir. Tirikchiligimiz avval qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Birinchi navbatda, birinchi bo‘lib; dastlab. Avval to‘ng‘ich botir poylovchilik qilibdi. Chalpak yoqqan kun

4. Boshlanishda; boshda. Avval hech narsa sezilmadi, bir oz o‘tgach, og‘riq tura boshladi. -

5. Biror voqea, hodisa yoki harakatning boshqasidan yoki shu haqda so‘z borayotgan vaqtdan oldin bo‘lganligini bildiradi. Mana so‘nggi xotira: ikki yarim yil avval mehribon ona uni shaharga uzatadi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: keyin , so‘ngra , ba’daz [a]
Sinonim(lar)i: oldin , ilgari , qadim [a], burun , dastlab
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Avval – ilgari – oldin – burun – qadim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tarixiylik belgisining ortishiga ko‘ra)

2. Avvalgi – hozirgi – keyingi
Ma’nosiga ko‘ra
(zamon belgisiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.