Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘ng}
So‘z bo‘g‘inlari: so‘ng
Izoh(lar)i:
so‘ng sf

1. ot. ot. Oxir, pirovard, nihoya. Asarning boshi va so‘ngi. Zo‘rlikning so‘ngi — xo‘rlik. Maqol
[Kumush] So‘zining so‘ngini aytolmadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Qushbegi maktubning so‘ngrog‘iga kelib to‘xtadi-da, chaqirdi: — Pirmat, Pirmat! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Deydilar, fazoning chegarasi yo‘q, Milliard yulduzlarning so‘ngi ham fazo. A. Oripov, Yillar armoni

2. sft. ft. Oxirgi, so‘nggi. So‘ng daf’a. So‘ng bor.

3. rvsh. sh. Keyin, so‘ngra. So‘ng dardi yengillashdimi, qadamlari ildamlashdi. Sharq yulduzi
So‘zimiz tamom bo‘lsin, so‘ng borajakman. S. Siyoyev, Yorug‘lik

4. ko‘m. (chiqish kelishigi bilan) an) Bir nimadan keyin. Bir ozdan so‘ng. Salomdan so‘ng Ahmad to‘g‘ri muddaoga o‘tdi. F. Musajonov, Himmat
Ustod bir necha soniyalik mulohazalardan so‘ng qat’iyat ila oldinga yurib, ipni ushladi. Fan va turmush

Antonim(lar)i: boshlab
Sinonim(lar)i: keyin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.