1. Maqtanishni istamaydigan, o‘zini boshqalardan past oladigan, mag‘rurlanmaydigan.
Kamtar odam. Kamtarga — kamol, manmanga — zavol.
Maqol
Haqiqatda u [Ahmad Mahmud] juda kamtar bo‘lib, savodsiz, oddiy odamlar bilan ulfatchilik qiladi.
S. Ayniy, Esdaliklar
Kamtar bo‘ling, mag‘rur bo‘lmang, kekkaymang, Bir kun xijolatdan siz qilmang attang.
Habibiy