Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {manman}
So‘z bo‘g‘inlari: man-man
Izoh(lar)i:
manman sf

1. 1. O‘zini katta tutadigan, bosar-tusarini bilmay qolgan; takabbur. Manman odam. Kamtarga — kamol, manmanga — zavol Maqol
U ilgarigi manman Tojiboy emas: hiylagina hovurdan tushgan va anchagina muloyimlashib qolgan edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. yoki oki Manman (manaman) degan Mashhur, eng oldingi, dongdor. Xivaning manman degan boylaridan pul topish sirlarini o‘rgandim. J. Sharipov, Xorazm
Bunaqa zanjirni yanga tugul, qishlog‘imizdagi manman degan temirchi ham uzolmaydi. Yoshlik
Ko‘chaga chiqsam, manman degan yigitlar husnimga mahliyo bo‘ladi. Mushtum
Qo‘qonning manaman degan boylaridan Mirazimjon boyni o‘ldirtirib, sir ochilayotganda xo‘jako‘rsinga Ergashga jazo berdirdi. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: kamtar , kamtarin , hokisor
Sinonim(lar)i: kekkaygan
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.