1. 1. Boshqalardan o‘zini baland tutib, kibr bilan yuradigan, kekkaygan, kibrli, mutakabbir. Dimog‘dorga bir gap oz, ikki gap ko‘p. Maqol Kamol yoshligida dimog‘dor Beyuso‘ja bilan hech qachon yaqin do‘st tutinmagan edi. Yoshlik Men ba’zi kishilarga ajablanaman. Sal ish qildimi, darrov dimog‘dor bo‘lib ketadi. Shuhrat, Shinelli yillar
2. 2. Balandparvoz, katta. Har gal uchrashuvlarda Xoldor navbatdagi sinovdan qo‘li baland o‘tganligi haqida dimog‘dor gaplar qilardi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
1. Kekkaygan – gerdaygan – kerilgan – dimog‘dor – kalondimog‘ – kerik – manman – takabbur Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorlik belgisining kuchli bo‘lishiga ko‘ra)