1. Tiriklik alomati bor, tirik.
Qizdan so‘rabdi: — Bu yerda nima qilib o‘tiribsan, bu yerda o‘zingdan boshqa jonli jonivor bormi?
Oltin beshik
2. Yashab turgan, barhayot, tirik.
Urush zahmatini boshidan kechirgan har bir odam dahshatli u yillarning jonli shohididir.
N. Safarov, Olovli izlar
3. ko‘chmaEhtirosli; qaynoq.
[Gulnor] Yo‘lchining kuchli, erkak nafasini, dudoqlarida uning bo‘sasining jonli olovini bir lahza sezdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
4. ko‘chmaTiyrak, serharakat; sho‘x.
Taxtapullik Sobirjonni tanir edim men Bokudan: Zap chavandoz, miqti, jonli, xosiyatli ulfat juda.
M. Shayxzoda.
5. ko‘chmaRuhli, sho‘x, qiziq; qizg‘in.
Bu uzatish majlisini jonli, ruhli o‘tkazmoq uchun barcha qizlar o‘zlarining eng asl, eng nafis kiyimlarini kiyib husn olamini yana bir qayta bejabdirlar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
6. ko‘chmaTetiklik, g‘ayrat, xushchaqchaqlik ifoda etuvchi; sho‘x, o‘ynoqi (ko‘z qarashi, chehra haqida).
Yo‘lchining chiroyli keng yuzida jonli, teran ma’noli ko‘zlarida qandaydir iliq, samimiy tabassum toshgan edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
7. ko‘chmaXuddi haqiqatdagidek, chin, haqiqiy; yorqin.
[Sayramov] Har masalani jonli misollar bilan bayon qildi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
8. ko‘chmaIfodali, aniq-ravshan, tushunarli.
Eski adabiyotni yaxshi o‘qiydi, ayniqsa Abomuslim dostonlarini o‘qiganda, juda ham jonli chiqaradi.
A. Qodiriy, Obid ketmon
9. ko‘chmaHayot qaynagan, gavjum; jo‘shqin.
Kunduzgiga qaraganda saroy jonli: kishilarning shaqillashib so‘zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko‘kka ko‘targudek.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
10. ko‘chmaAmaliy, ishbilarmonlarcha.
Rahbarlikni qog‘ozda emas, jonli rahbarlik qilish shaklida olib borish kerak.
N. Safarov, Olovli izlar.