1. Hayot alomati yo‘q, o‘lik.
Kolxozchilar yugurishib kelganlarida, Umurzoq ota jonsiz edi.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
2. Harakatsiz qotgan, hech narsa ifoda etmaydigan; behush, karaxt.
Otabek ota-ona orzusiga, o‘z ta’biricha, jonsiz haykal bo‘lib rizolik berdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
3. ko‘chmaKuchi yo‘q, kuchsiz; bo‘sh, chidamsiz; nimjon.
Murzin uning parishon sochlarini, nozik bo‘yniga yopishgan mayin, jonsizgina soch tolalarini tomosha qilardi.r
Shuhrat, Shinelli yilla
4. ko‘chmaZerikarli, ruhsiz, ta’sirsiz; shavq-zavqsiz. Jonsiz spektakl.
Majlis juda jonsiz o‘tdi.
Gazetadan
5. ko‘chmaSukutga cho‘mgan, jimjit.
Uzoqlarda jonsiz ko‘ringan Ovullar ham yig‘lab uxlagan. Sahar turib sho‘rli xotinlar Tangrim degan, to‘lib yig‘lagan.
H. Olimjon