1. 1. Hayoti tugagan; o‘lgan, jonsiz; zid. tirik.
Joy oldi quchog‘ingdan Sonsiz o‘lik tan. Kim ne qildi kimlarga, Bilmaysan, nedan?
G‘ayratiy
2. ot ot Jonsiz tana; jasad, murda.
Keyingi vaqtlarda janoza o‘qib, o‘lik ko‘mish odamu ham barham yedi.
S. Ayniy, Qullar
Ko‘chalar to‘la o‘lik Kuyib bo‘lgan binolardan tutun burqsaydi.
Shuhrat, Shinelli yillar
Avaz vetvrachni chaqirgan edi, qo‘ylarning o‘ligini ko‘rib: — Yondirib, ko‘mib tashlanglar, — dedi.
P. Qodirov, Qora ko‘zlar
3. ko‘chma hma O‘z xususiyatini (sifatini) yo‘qotgan, qotib, yaroqsiz holga kelgan.
O‘lik ohak. Ulik sement. O‘lik chigit.
▬
Ohak qiyomi ketsa, Qotib bo‘lar o‘lik ganj.
Q. Muhammadiy.
4. ko‘chma hma Jon asari yo‘q, murdaniki singari.
O‘rtada o‘n to‘rtta minglik qog‘oz uyumini ko‘rgandagina, Qulmat qoraning o‘lik ko‘zlariga picha jon kirdi, o‘rnidan qo‘zg‘alib, cho‘kka tushib o‘tirdi.
A. Muxtor, Opa-singillar
Masturaning yuzidan o‘lim pardasi ko‘tarilganday, hayot to‘la ko‘zlari o‘lik yuziga jon kirgizganday bo‘ldi.
A. Qahhor, Ming bir jon
5. ko‘chma hma Hayotdan nishona yo‘q; kimsasiz, harakatsiz.
O‘shanday o‘lik qishloqda boyqushga o‘xshab kimdir istiqomat qiladi.
S. Anorboyev, Oqsoy
Kimsasiz, o‘lik ko‘ringan dasht odamlar bilan jonlanib ketdi.
Mirmuhsin, Me’mor
6. ko‘chma hma Ta’sirsiz, his-hayajon uyg‘otmaydigan, zeriktiradigan.
Kundalik hayotimizda shunaqa o‘lik nutqlarni ozmi eshitamiz/
A. Qahhor, Quyushqon
Zaruratsiz, ichki dardsiz, ehtirossiz yozilgan asar o‘lik bo‘ladi.
Gazetadan
7. 7. Bisotda saqlanadigan, ishlatilmaydigan mol haqida (mablag‘ga nisbatan qo‘llanadi).
Hech narsani oldin olib qo‘yish kerak emas, chunki pul bekor band bo‘lib, o‘lik holda qoladi.
A. Qahhor, Sarob