1. Oshna-og‘ayni, o‘rtoq.
Biz ham bir jo‘ramiz bilan nima ish bo‘lsa qilamiz, deb Toshkentga kelgan edik.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. Gap, to‘kma qatnashchilari, ulfatlar (bir-biriga nisbatan).
Mana shu vaqtgacha jo‘ralarning soni hamon o‘sha — to‘qqizdan ortmaydi.
A. Qahhor, Sarob
3. O‘rtoq ma’nosidagi murojaat shakli.
Ahmadjon undan sekin: — Jo‘ram, qayoqqa ketayotibmiz? — deb so‘radi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
4. Jo‘ra (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
5. Jo‘ra (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
6. Bir kiyimli ikki bo‘lakdan iborat ipakli mol (beqasam, atlas, shoyi va sh. k).
Men keltirgan atlasni Yorim solmas sandiqqa. Ming jo‘rasi arziydi Shu zarbdor do‘ndiqqa.
Qo‘shiqlar