1. 1. Dunyoqarashi, manfaatlari, xatti-harakati bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, o‘zaro g‘anim, raqib sifatidagi tomonlarning har biri.
G‘oyaviy dushman. Do‘st achitib gapiradi, dushman — kuldirib.
Maqol
Tikan zahri uchida, dushman zahri ichida.
Maqol
Dushmanning katta-kichigi bo‘lmaydi.
Maqol
Bular [Sharq mutafakkirlari] zulm-zulmat, adolatsizlik, jaholat, xurofotning ashaddiy dushmani edilar.
K. Yashin, Hamza
2. harb. rb. Urushda o‘zaro biri ikkinchisi bilan jang qiluvchi, bir-biriga qarshi urush e’lon qilgan tomonlardan har biri; yov.
Dushman bilan bo‘ladigan janglarda qo‘rqoqlik qilmanglar.
Hadisdan
Polk mudofaa qilib yotgan rayon ustida dushmanning necha yuzlab samolyoti behisob bomba yog‘dirdi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
3. ko‘chma hma Insonga va umuman biror narsaga zarar keltiruvchi kimsa, narsa, hodisa.
Yovvoyi o‘t — hosilning dushmani. Jahl — dushman, aql do‘st.
Maqol
So‘nggi pushaymon — o‘zingga dushman.
Maqol
Otabek ichkilikdan qattiq hazar qilar va bu kungacha mayni o‘ziga dushman kabi ko‘rib kelar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
tushkunlik — eng yomon dushman.
F. Musajonov, Himmat