Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {javob}
So‘z bo‘g‘inlari: ja-vob
Izoh(lar)i:
javob [ja-vob ]

1. So‘roqqa, murojaatga qaytariladigan gap; xat; tovush; imo-ishora va shu kabilar Mujmal javob. Qat’iy javob. Qoniqarli javob. Achchiq savol berib, shirin javob kutma. Maqol

2. mat., fiz.Muayyan masala, misol yoki topshiriqning yechimi. Ushbu masalaning javobi ikki yo‘l bilan topiladi. gazetadan

3. Ruxsat, izn. Mayli, ishingiz zarur bo‘lsa, sizga javob, do‘stim, ertagacha xayr. K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: savol [a], so‘roq
Sinonim(lar)i: ruxsat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. javob berdi: 1)javobli ish tutdi 2)qondirdi 3)javobgarlikni o‘z ustiga oldi 4) «ketish»ga ruxsat berdi

2. javob tegmoq: ruxsat berilmoq, javob bo‘lmoq

3. javobini berdi I: 1)javobli ish tutdi 2)qondirdi 3)javobgarlikni o‘z ustiga oldi 4) «ketish»ga ruxsat berdi

4. javobini berdi II: 1) haydab yubordi 2) er-xotinlik holatini bekor qilishga rozilik berdi

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.