1. 1. Savol, so‘rov.
So‘roq bermoq. So‘roq ohangi. So‘roq gap.
▬
Kechir, Zaynab, ojizdir Omon, Bu so‘rog‘ing jon o‘rtar yomon.
H. Olimjon, Tanlangan asarlar
Nega?, deysan, tushunmaysan, o‘z so‘rog‘ingning Javobini yuragingdan tinglab ko‘rasan.
G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar
2. huq. uq. Shaxsdan ko‘rsatuv va tushuntiruv olish vositasi.
So‘roq bermoq. So‘roq qilmoq.
▬
So‘roq vaqtida qiynoqqa solish, zo‘ravonlik, shafqatsizlik yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etish jinoyat hisoblanadi.
O‘zME
3. ayn. yn. So‘rov 4.
Axir, ular saylovchi xalq-da! Ularning so‘rog‘iga, talabiga to‘la javob berish kerak-da.
Oydin, Sadag‘ang bo‘lay, komandir.