Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ruxsat}
So‘z bo‘g‘inlari: rux-sat
Izoh(lar)i:
ruxsat ot

1. 1. Biror ishni bajarish, qilish, amalga oshirish uchun shu ishga taalluqli yoki javobgar kishi, organ, tashkilot va shu kabilar tomonidan berilgan ijozat, rozilik javobi. Ruxsat bermoq. Ruxsat olmoq. Janoblar! Menga ruxsat beringlar, borib otamga qarashim kerak. Hamroh bo‘lganingiz uchun tashakkur! Mirmuhsin, Me’mor
— Bunaqa jiddiy narsalarni yozish uchun bosh redaktorning ruxsati kerak, — deb bahona qildim. S. Ahmad, Saylanma
A’zam Zohidovichdan ruxsat so‘rab, do‘stimning ishxonasiga yo‘l oldim. O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv

2. kesim vzf. zf. Javob, ijozat (siz bo‘shsiz, ketishingiz mumkin ma’nosida). Sizga ruxsat! Menga ruxsatmi, bek? Azizbek yo‘l ustidan hojiga qaradi: — Ruxsat, ertaga choyni o‘rdaga kelib iching! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.