1. 1. Javob olish uchun aytiladigan gap, jumla; so‘roq. [Vasila Nazarovna:] Sen mening savolimga javob ber, kim u? O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol — Juda yaxshi savol! — dedi Ibrohimov, — qani, bu savolga kim javob beradi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. Imtihon biletida yozib qo‘yilgan, javob berish lozim bo‘lgan mavzular nomi yoki mashq, masala. Ikkinchi qatorga borib o‘tirganidan keyin mashinkada yozilgan savollarni o‘qidi: 1. Joul-Leni, qonuni. 2. Rezonans. Uchinchi savol elektromagnit maydoni haqidagi masala edi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. 3. Yechilishi lozim bo‘lgan masala, muammo. Bugungi yig‘ilishimizda ikkita savolni hal qilishimiz lozim. Gazetadan
1. savol berdi: javob talab qiluvchi so‘z-gap aytdi