Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sira}
So‘z bo‘g‘inlari: si-ra
Izoh(lar)i:
sira ot

1. 1. Aslo, asti, mutlaqo, hech. Buning sira iloji yo‘q. Ahmad bu gapni sira kutmagan edi, tok urgandek eti jimirlashib ketdi. F. Musajonov, Himmat
Avji qish vaqti bo‘lsa ham, yerda sira qor yo‘q. S. Zunnunova, Yangi direktor
U o‘tirganlardan sira man tortmasdan she’rini baland ovoz bilan yoddan o‘qidi. K. Yashin, Hamza

2. faqat bo‘lishsiz fe’l bilan) an) (Hech qachon, hech vaqt. Endi bu yerga sira kelmayman. Bari bir, men Gulnor opani unutmayman sira, uni ko‘rgani tez-tez kelib turaman. Oybek, Tanlangan asarlar
Kanal ochilgan kun esingizda bormi? Kanaldan oqqan chiroqlar ko‘z oldimdan sira ketmaydi. Bu o‘yin emas, xalqning orzusi edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. faqat so‘roq gaplarda rda Biror marta, hech. — Shahodat muftingizning aftiga sira qaraysizmi. Shoiringizning pichinglarini payqaysizmi? — dedi Anvar Sultonaliga. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Siz otamisiz, nimasiz axir, o‘g‘lingizni tiyib olish sira esingizga keladimi? A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 1. Muntazam, izchil qator; ketma-ketlik, tartib, navbat. Sonlar sirasi.

5. 2. Saf, qator. Piyodalar sirasida keksa muarrix va shoir Mirzo, Tabibiy, Bayoniy ko‘rindi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

6. ko‘chma hma Qator, tarkib. Har holda, shaxmat har qanday o‘yindan shu qadar katta farq qiladiki, bu farq shaxmatni uzil-kesil o‘yinlar sirasiga qo‘shishga imkon bermaydi. M. Muhitdinov, Miya gimnastikasi
Mulla Abdurahmon Ra’noning erga berilganligining xabarini eshitgach, bu tasodifni istiqbolning xayrli follari sirasiga kiritdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

7. 4. Fikrning, gapning asosiy mazmuni, mohiyati, mag‘zi; gapning po‘skallasi. — So‘zlamayman, —dedi To‘ybeka [Kumushga], —lekin sirasini so‘zlayman. Oh, ko‘rsang edi bir kuyovni! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Gapning sirasini aytaqolsangiz-chi, xolajon, — de-dim nihoyatda chidamay. T. Alimov, To‘y qoldi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: aslo [a], hech [f-t], navbat [a]

1. sira I Ot
tartib, ketma-ketlik, birin-ketinlik

2. sira II Ravish
mutlaqo, hech, aslo

3. sira III Sifat
ochiq, aniq, to‘g‘ri

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gangimoq – dovdiramoq – esankiramoq – garangsimoq – gangramoq – kalovlanmoq – mengrovsimoq – talmovsiramoq – obdiramoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Hadiksiramoq – cho‘chimoq – qo‘rqmoq – vahimaga tushmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)

3. Hansiramoq – harsillamoq – halloslamoq – entikmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Hech – aslo – asti – sira – mutlaqo – zinhor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

5. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

6. Jilmaymoq – kulimsiramoq – tabassum qilmoq – kulmoq – qah-qahlamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(harakatning kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.