1. Geogr. Qattiq qatqaloq bilan qoplangan yer.
Qum uyumlari orasida nuqul gildan hosil bo‘lgan maydonlar uchraydi. Bunday joylar taqir deb ataladi.
O‘zbekiston geografiyasi
2. Giyoh o‘smaydigan yoki deyarli o‘smaydigan; yaydoq, yalang‘och.
To‘g‘ri, olti-yetti yil ilgari bu joylar — Qarshi cho‘li taqir yerdan farqi yo‘q edi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
3. O‘t-o‘lansiz, o‘t-o‘lani yerdan ko‘rinmaydigan (o‘smagan) darajada.
Qo‘nishdagi taqir yalanglikda kuni bilan to‘yib o‘tlagan qo‘y-echkilar kavsh qaytarib yotibdi.
S. Anorboyev, Oqsoy
4. Sochi, juni, tuki yo‘q; tuksiz.
ba’zi o‘rtoqlarning aldamchiligini ko‘rganda, taqir dahanimga soqol chiqib ketishiga oz qoldi.
Mushtum
5. Ko‘chma Hech narsa to‘shalmagan; yalang‘och.
Yo‘ldosh aka taqir sholchaga, xuddi sakkiz qavat ko‘rpachaga o‘tirganday, bamaylixotir yostanib oldi.
H. Nazir, Vasiyat
6. Sira, aslo; mutlaqo, butunlay.
[Nodira:] Uy anjomlarim, kiyimlarim ko‘zimga taqir ko‘rinmadi. Hamza,
Maysaraning ishi
7. Sira qoldirmasdan, tozalab, qirtishlab; tozalangan.
Sochini taqir qirdirgan bir kishi sal jilmayib qarab turardi.
S. Anorboyev, Oqsoy
8. Chala tug‘ilgan chaqaloqning terisi.