Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {mung}
So‘z bo‘g‘inlari: mung
Izoh(lar)i:
mung ot

1. kt. Hazinlik, ma’yuslik. Anvar o‘z tengi bolalar bilan oz aloqa qilar, ularga kam aralashar va ortiqcha o‘ynab-kulmas, hamisha uning ko‘zida bir mung yotar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Jamoliddin yuzida o‘chiqlik, ko‘zida mung bor edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Yondashmasin bu oqshom ham Qittak qayg‘u, jindak ham mung. Mirtemir

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: g‘am [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.