Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xurjun}
So‘z bo‘g‘inlari: xur-jun
Izoh(lar)i:
xurjun ot

1. Egar ustiga yoki yelkaga oshirib tashlanadigan, yuk solinadigan ikki ko‘zli qop, qo‘sh xalta. Jun xurjun. Ip xurjun. ▬ Qop orqalagan oq yaktakli erkak bilan ikki ko‘zi to‘la xurjun yelkalagan ayol toshdan toshga hatlab, narigi tomonga o‘tib boryapti. T. Ashurov, Marvarid tut

2. esk. sk. Ko‘chma Qoniqarsiz, yomon. [Saidahmadxon:] Pul masalasi xurjun. Qo‘qon boylari, patir uchidan, deb jinday pul berishdi. Oybek, Ulug‘ yo‘l

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chatoq , ishkal [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. dumi xurjunda: o‘lda- jo‘da, to‘mtoq

2. olaxurjun yelkaga tushmoq: -

3. olaxurjun yelkasiga tushmoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.