1. Boy bo‘lishlik, boy mavqeyi; mol-mulkning yig‘indisi, majmui; mo‘llik.
Ota boyligi yerga singar, Mehnat boyligi — elga.
Maqol
2. Dunyo, davlat, mol-mulk.
Muhabbat boylikka boqmas.
Maqol
3. Tabiiy, moddiy resurslar majmui.
O‘lkamiz tabiiy boyliklarini o‘rganish ishiga nufuzli olimlarimiz salmoqli ulush qo‘shmoqdalar.
Gazetadan
4. Aqliy, ruhiy, ma’naviy faoliyat hosilasi, majmui.
Milliy boylik. Madaniy boylik. Ma’naviy boylik. Aqldan ortiq boylik yo‘q
Maqol