1. 1. Butun borliq; koinot, olam.
Bog‘ ko‘rki — bodom, Dunyo ko‘rki — odam.
Maqol
Til kichik bo‘lsa ham, dunyoni buzadi.
Maqol
Dunyoda onadan aziz, onadan mo‘tabar inson yo‘q.
Gazetadan
Dunyoda eng dahshatli narsa — yolg‘izlik.
T. Ashurov, Oq ot
2. 2. Borliqning, mavjudotning ayrim bo‘laklari yig‘indisi, to‘plami.
Yulduzlar dunyosi.
3. 3. Jonli tabiatning ayrim qismlari, ular yashaydigan muhit.
Hayvonot dunyosi. O‘simliklar dunyosi.
▬
Tabiatni muhofaza qilish, jumladan, hayvonot dunyosini saqlash hozirgi davrda muhim ahamiyatga ega.
Gazetadan
Darhaqiqat, bular [ilonlar] gazandalar dunyosining turqi eng sovuq, zahari eng o‘tkir vakillari hisoblanadi.
Fan va turmush
Karib dengizida joylashgan Yamayka oroli nabotot dunyosining boyligi va rang-barangligi bilan mashhurdir.
Fan va turmush
4. 4. Ijtimoiy hayot yoki turmushda yuz bergan (mavjud bo‘lgan) holatga nisbatan, unga qarama-qarshi bo‘lgan boshqa bir holat.
Shu yo‘sin qizlar o‘zlarining bir o‘rtoqlarini xotinlik dunyosiga uzatib, majlisdan tarqalishdilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
5. 5. Atrofimizni o‘rab turgan butun mavjudot; atrof muhit.
Torga — tor dunyo, kengga — keng dunyo.
Maqol
[Otabek] Tush ko‘rar edi: Dunyoni qorong‘ilik bosgan emish.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ko‘zim ochding, men dunyoni keng ko‘rdim, O‘zimni ham odamlarga teng ko‘rdim.
H. Olimjon, Asarlar
6. 6. Yer yuzi va undagi barcha odamlar, insoniyat.
O‘zbek paxtakorining dovrug‘i dunyoga taraldi.
▬
Butun dunyo seni olqishlar.
U. Ismoilov, Saylanma
7. 7. Yer yuzi, undagi barcha qit’alar, mamlakatlar.
[Haydar ota:] Agar birov menga qolgan umringni dunyoni sayohat qilib o‘tkazasanmi? desa, hech o‘ylab o‘tirmasdan, shu supani bera qol, der edim.
A. Qahhor, Asror bobo
Agar dunyoning narigi burchagiga sizni opichlab borishga to‘g‘ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim.
Oybek, Tanlangan asarlar
dunyo aholisining teng yarmi guruch bilan tirikchilik qiladi.
K. Mahmudov, Qiziqarli pazandachilik
8. 8. Hayot, tiriklik.
Bu dunyo o‘tar-ketar, yuzi qoralik qolar.
Maqol
Dunyoning ishlari shunaqa ekan, do‘stim.
K. Yashin, Hamza
Kim dunyodan toq o‘tibdiki, siz o‘tasiz?
S. Ahmad, Ufq
Dunyo qiziq ekan. Qachon qarasangiz, yetdim deganda qoqilasiz.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
9. ko‘chma hma Kishining ma’naviy, ruhiy olami, hayoti.
Sehrlar dunyosi. Ruhiy dunyo. Xayollar dunyosi. Ma’naviy dunyo. Tafakkur dunyosi.
▬
Sherbekning dunyosi bo‘m-bo‘sh, huvillab qolgandek tuyuldi. Nigorasiz turmushida halovat bo‘larmidi!
S. Anorboyev, Oqsoy
So‘nagul o‘z dunyosi bilan band edi.
A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
Ayazarda onaning ruhiy dunyosi, farzandga bo‘lgan muhabbati, orzu-o‘ylari aks etadi.
Saodat
Shu birgina so‘z uning [ Madumarning] butun ichki va tashqi dunyosini o‘zida aks ettirgan edi.
M. Ismoiliy, Fargona t.o.
Xayollar dunyosi keng, o‘tkir fikrli bu hassos qiz berilib, kichik-kichik hikoyalar yozar edi.
Oybek, Nur qidirib
10. 10. Ma’lum bir ilm-fan, kasb-hunar, ijtimoiy hodisa sohasi.
Adabiyot dunyosi. Odamiylik dunyosi. Ta’lim-tarbiya dunyosi.
▬
Adabiyot dunyosida ikki turli tanqid bor: jiddiy tanqid va hajviy tanqid.
A. Qodiriy, Kichik asarlar
11. 11. Ma’lum bir ijtimoiy tuzumga, o‘ziga xos madaniy va ijtimoiy-tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lgan omillar bilan birlashgan kishilik jamiyati va u mavjud bo‘lgan davr.
Qadimgi dunyo. Kapitalizm dunyosi. Sivilizatsiya dunyosi.