1. Shaxsning, ko‘pincha xotinlarning o‘ziga tegishli bo‘lgan, to‘plab qo‘ygan moli, mol-dunyosi.
Mastonbibi sandiqdan bisotidagi movut mursagini olib kiydi.
S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. Kishiga, oila xo‘jaligiga qarashli mol-dunyo, boylik.
O‘tgan zamonda bir faqir er-u xotin bor ekan. Ularning bisotida faqatgina bitta echkisi bor ekan.
Ertaklar
3. ko‘chma s.t. Kimsada bor bo‘lgan har qanday narsa; madaniy, ma’naviy boylik.
Ezgin-ezgin kuylasin endi Bisotdagi eng nozik torlar.
Sharq yulduzi
4. Biror xona yoki joydagi mavjud narsalar.
Bu shinam, ko‘rkam xona o‘zining bisoti va bezaklari bilan kirgan odamni darrov qamrab olardi.M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
5. ko‘chma. Tabiatning borlig‘i, boyliklari, ehsoni.
Bahor butun topgan-tutgani-ni, butun bezak va bisotini yoyib yuborgan.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha