Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {davlat}
So‘z bo‘g‘inlari: dav-lat
Izoh(lar)i:
davlat [dav-lat ]

1. O‘z fuqarolarining ijtimoiy-siyosiy huquqlarini himoya qiluvchi, bunga qarshi turuvchi kuchlarning qarshiligini sindiruvchi hokimiyat organlari va siyosiy tashkilotlari tizimiga ega bo‘lgan mustaqil mamlakat. O‘zbekiston davlati. Temuriylar davlati. Davlat apparati. Davlat byudjeti. Davlat gerbi. Davlat intizomi. Davlat mulki. K. Yashin, Hamza

2. Boylik, mol-dunyo, mol-mulk. Yaxshi niyat — yarim davlat. Maqol

3. ko‘chmaMa’naviy boylik; baxt, omad. Sog‘liging — davlating. Maqol

4. ko‘chma (O‘.-p.k. bilan) Orqasida, soyasida, ko‘magida. Otangning davlatida tezroq to‘yni qilib, bu tarang qo‘g‘irchoqni tezroq bag‘ringga bosmaysanmi, landavur! Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: boylik

1. davlat I Ot
boylik, mulk

2. davlat II Ot
hokimiyat organi va siyosiy tashkilotlariga ega mustaqil mamlakat

Paronimi: mavjud emas.

Barcha davlat hujjati davlat tilida yoziladi, yig‘in, anjuman va qurultoy shu tilda olib boriladi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tilimaqomi berildi va 1990-yil 19-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Davlat tili to‘g‘risida»gi 30 moddadan iborat Qonun qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Asosiy Qonunining 4 moddasida, «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning 1 moddasida shunday deyilgan: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir». Shuning uchun ham mamlakatimiz fuqarolari har yili 21-oktabrni til bayrami sifatida nishonlaydi. Qonun O‘zbekiston xalqi sobiq Sho‘ro davlati tarkibida bo‘lgan vaqtda qabul qilinganligi sababli mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin uni qayta ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ldi. Shuning uchun 1995yil 21dekabrda yangi tahrirdagi «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Avvalgi 30 moddadan iborat Qonunning 11 moddasi chiqarilib, 5 modda yangidan qo‘shildi. Natijada u 24 moddadan iborat bo‘ldi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Faqir – kambag‘al – o‘rta hol – boy – badavlat
Ma’nosiga ko‘ra
(moddiy ta’minotning yaxshi-yomonligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.