1. 1. So‘zlovchining turgan joyidan uzoqlashmoq, nari ketmoq; biror joy (manzil)dan ikkinchi joy (manzil) tomon harakat qilmoq, yo‘l olmoq; naridagi biror manzilga yetmoq.
Hozir institutga boraman.
▬
— Nima bo‘ldi sizga, qayoqqa borasiz? — Marg‘ilonga
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Boring, Nasibani maktabdan aytib keling, issig‘ida bora qolaylik.
A. Qahhor, Asarlar
Sidiqjonning nazarida, agar [Sharofat] shu kayfiyatida ketsa, shu yerdan boriboq, jo‘rttaga bir bo‘yni yo‘g‘onga tegadigan.
A. Qahhor, Asarlar
Shu yerdan Shayxontohurgacha qanchada borasiz? — Ko‘z ochib yumguncha.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ertasiga u maktabga bormadi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Umuman, biror yo‘nalishda, yo‘lda nari tomon harakat qilmoq, ilgarilamoq, uzoqlashmoq.
Poyezd., bepoyon sahrodan borar edi, ertasiga ertalab biror soatga yaqin to‘xtab qoldi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
Qizni izlab, uzoq borgach, uning ko‘chasida to‘xtadi.
Oybek, Nur qidirib
Biz olg‘a boraveramiz
A. Qahhor, Asarlar
3. 3. Jo‘natilgan, tarqatilgan joyidan, manbaidan naridagi, mo‘ljaldagi joyga yetmoq (ovoza, gap, xat-xabar haqida).
Sizdan bir marta ham xat bormadi.
▬
Bu gaplar amirzoda qulog‘iga borib yetganiga aslo shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Mirmuhsin, Me’mor
Bo‘taboy o‘ylab turib: — Bizning qishloqdan ham ma’lumot borgan ekan-da, a? — dedi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. 4. Biror transport vositasi bilan nari tomon yurmoq, siljimoq, uzoqlashmoq.
Avtobusda bormoq. Samolyotda bormoq.
▬
[Qurbon ota:] — Namangangacha mashinada borsangiz, u yog‘i yaqin, — dedi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
5. 5. Biror joy, obyekt yoki shaxs tomon yo‘nalmoq, o‘sha joyda yoki shaxs huzurida bo‘lmoq; tashrif buyurmoq.
To‘yga borsang, to‘yib bor.
Maqol
Tag‘in bir marta Tal’atning oldiga borishiga to‘g‘ri keladi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Yusufjon G‘iyosov o‘rnidan turib, deraza yoniga bordi.
X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari
Amallab yaqin borganida, baxt degan o‘sha nur yana bir olam nariga ketib qoldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
G‘ulomjon hokimni kutgani bormadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Birdan uyiga, bolalarining oldiga borgisi keldi.
S. Ahmad, Ufq
6. 6. Doimo bir yo‘nalishda yurmoq, qatna-moq.
Ishga bormoq.
▬
G‘ijim ro‘mol to‘qiyman, Maktab borib o‘qiyman.
Qo‘shiqlar
7. 7. O‘z ishi, faoliyatida yoki taraqqiyot jarayonida biror yo‘ldan ketmoq, biror yo‘nalishda harakat qilmoq.
O‘zbekiston demokratik jamiyat qurish yo‘lidan bormoqda.
▬
Chin inson, yomonlar bo‘hton qilganda ham, to‘g‘ri yo‘ldan adashmay boraveradi.
Gazetadan
Ular o‘zlariga, o‘z yerlariga, o‘z uylariga hayot, suv keltirish uchun kurashga boradilar.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
8. 8. Qo‘yilmoq, ko‘rsatilmoq (spektakl, tomosha va shu kabilar haqida).
Kinoteatrda yangi film borayotir.
9. 9. Davom etmoq, bo‘lmoq, ketmoq, o‘tmoq, kechmoq (ish, suhbat, vaqt va shu kabilar haqida).
Qizg‘in bahs bormoqda. Gan yosh mutaxassislar haqida bordi. Kunlar ketidan kunlar borar edi.
10. s. t. . t. Sig‘moq, bemalol kirmoq.
Taxta qattiq ekan, mix bormayapti. Etik oyog‘imga bormayapti.
11. 11. Soni, miqdori, kattaligi jihatidan ma’lum yuqori chegaraga, darajaga yetmoq, erishmoq.
Qo‘ylar soni besh yuzga bordi. Xonaning uzunligi to‘rt metrga ham bormaydi.
▬
Odamda miya po‘stlog‘ining sathi, o‘rtacha olganda, 1250 kv. sm. bo‘lib, otda 350 kv. sm. ga ham bormaydi.
Anatomiya
12. 12. Davom etib, rivojlanib, biror darajaga yetmoq, biror oqibatga kelmoq.
Ahvol shungacha bordi.
▬
Otabek yorilish darajasiga borib qaytdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bir o‘zingiz kuchanganingiz bilan uzoqqa bora olmaysiz.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
13. 13. O‘tib, kechib, muayyan pallaga, vaqtga yetmoq (vaqt haqida).
Tong otarga borib, ko‘zi yoridi.
▬
Ko‘chalarda nayzabozlik jangi boshlanib ketdi yarim kechaga borganda, ikki tomon aralashib ketdi.
A. Qahhor, Asarlar
Bemor yana ko‘zini yumdi, shu yumganicha ochmadi — saharga borib uzildi.
A. Qahhor, Asarlar
14. 14. Ma’lum yoshga kirmoq, yetmoq.
Solih Maxdum o‘ttizga borganda, maktabdorligi ham yaxshigina shuhrat topadi
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Do‘ppifurush — ellikka borib qolgan odam.
A. Qahhor, Asarlar
Katta — o‘gay qaynona, yoshi oltmishlarga borgan, semiz, zabardast, dimog‘dor kampir edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
15. 15. Yetakchi fe’l ifodalagan ish-harakatning:
16. 16. 1) darajama-daraja rivojlanishini, kuchayib ortishini bildiradi.
Qor va shamol kuchaya bordi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Hozir kosib bilan dehqonning sabr kosasi to‘lib boryapti.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
G‘azal intihosiga yetgan sari Avazning chehrasi yorishib borardi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Serquyosh o‘lkamiz xalqimizning bunyodkorlik mehnati tufayli tobora go‘zallashib bormoqda.
Gazetadan
Dushman tang ahvolda qolgan, qurshov halqasi tobora torayib borardi.
Gazetadan
17. 17. 2) davomiyligini bildiradi.
Nima bo‘lsa ham, tevaragidagi ko‘klam bezaklarini ko‘zdan kechira boradir.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Maston uni orqasidan suyab bordi.
A. Qahhor, Asarlar
Matqovul aka odamlar orasidan asta o‘tib bordi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
18. 18. 3) tugallanganligini bildiradi.
Zaynab juda ishongan holda o‘z uyiga yetib bordi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yon-boshdagi xonani taqillatmasdan kirib bordi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Uch kun deganda shaharga kirib bordim.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
19. 19. Jo‘nalish kelishigi shaklidagi ayrim mavhum otlar bilan ishlatiladi va ma’nosiga ko‘ra bosh kelishik shaklidagi ayni shunday otlar bilan kelgan qilmoq so‘ziga to‘g‘ri keladi.
Andishaga bormoq —andisha qilmoq.
▬
Tohirjon bolaligiga borib, tixirligini qo‘ymadi.
N. Maqsudiy, Umidli bola
Juvon bu gapni hazil aralash aytdimi, chin aytdimi — Sidiqjon farqiga borolmadi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bo‘taboy hovlidagi supada chalqancha yotib, ming xil xayollarga boradi.
S. Ahmad, Hukm
Kelganim unga yoqmadi shekilli, degan andishaga ham bordi.
Oybek, Tanlangan asarlar
20. 20. Qo‘shma fe’l tarkibiga kiradi.
Borib yetmoq, bora kelmoq.
▬
O‘zbek oyim o‘rta eshikka borib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugurib kirib qoldi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar