Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xushbichim}
So‘z bo‘g‘inlari: xush-bi-chim
Izoh(lar)i:
xushbichim [xush-bi-chim ]

1. Yaxshi tikilgan; kiyganda yarashadigan, bichimi yaxshi (kiyimlar haqida). O‘g‘iloy cho‘lquvarlar farzandlariga chiroyli va xushbichim kiyimlar tikib berdi. O‘zbekiston qo‘riqlar

2. Bo‘yi-basti kelishgan, qaddi-qomati chiroyli. Bir bayram kechasida uning [Nazokatning] sermaroq raqsi va xushbichim qaddi-qomatini ko‘rgan qandaydir mehmon uni balet maktabiga taklif qildi. Shuhrat, Umr pog‘onalari

3. Tashqi qiyofasi, tuzilishi, ko‘rinishi chiroyli, kelishgan. Ulardan biri [Aliyev] barvasta qomat, quyuq qora qoshli, xushbichim chehrali yigit edi. H. Shayxov, Rene jumbog‘i

Antonim(lar)i: beo‘xshov , beso‘naqay
Sinonim(lar)i: bejirim , kelishgan
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Kelishgan – xushbichim – xushqomat – bejirim – ketvorgan – lobar – tamtam
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiylik belgisining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.