1. Sho‘r holat, sho‘r ekanlik. Ovqatning sho‘rligi. Yaqinda Chortoqda kovlangan quduqdagi suvning sho‘rlik daraja-si Qora dengiz suviga juda o‘xshash. F. Sirojiddinov, Chortoq havosi
2. 1 Tolei past, baxti qora; bechora. Otam sho‘rlik bu musibatga bardosh berolmadi, farzand dog‘i chinor qomatini bukdi, so‘ng qulatdi. N. Safarov, Olovli izlar
3. Achinish bildiradi; bechora. Bayt tufayli yuz bergan ko‘ngilsizlikdan shoir sho‘rlik xabarsiz edi, albatta. N. Aminov, Suvarak
4. Sho‘rish. Bir kaft tuproq bilan barcha falokat, Barcha sho‘rliklardan chiqmoq bo‘ladir. H. Olimjon
1. sho‘rlik I Ot ovqatning tuzi ko‘pligi
2. sho‘rlik II Sifat tolei past, baxtsiz
1. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda Bo‘yog‘iga ko‘ra (achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )