Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {asosiy}
So‘z bo‘g‘inlari: a-so-siy
Izoh(lar)i:
asosiy [a-so-siy ]

1. Ahamiyat e’tibori bilan muhim, birlamchi. Asosiy vazifa. Asosiy masala. Konkursda yosh tadqiqotchilarning diqqati fan va texnikaning eng asosiy yo‘nalishlariga qaratilgani namoyon bo‘ldi. Fan va turmush

2. Asos hisoblanuvchi, asosida yotuvchi, belgilovchi. Asosiy fond. Asosiy xulosalar. Mumdan yasaluvchi valiklardan nusxa olib bo‘lmaydi, fonografning asosiy kamchiligi ana shunda edi. Fan va turmush

3. Shaxsni ish-faoliyat jihatdan belgilovchi, uning hayoti asosan bog‘liq bo‘lgan. Asosiy kasb. Asosiy ish joyi. -

4. kim.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bosh , muhim [a], yetakchi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo‘lgan adabiy tilda so‘zni bir xilda yagona tarzda yozishni yo‘lga qo‘yish uchun imlo to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» 1995 yil 24 avgustda qabul qilingan. U 82 paragrafdan iborat.

O‘zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidasi tasdiqlangan. Birinchisi 1956-yil 4-aprelda kirill yozuviga asoslangan o‘zbek tilining imlo qoidasi, 72 paragrafdan iborat bo‘lgan.

Imlo to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqish murakkab jarayon, bir nechta tamoyilga tayaniladi. Bu orfografiya tamoyil (prinsip)i deyiladi.

Orfografiyaning 5 tamoyili mavjud: 1) fonetik yozuv; 2) morfologik yozuv; 3) shakliy yozuv; 4) tarixiyan’anaviy yozuv; 5) farqlash yozuvi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.