Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muhim}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-him
Izoh(lar)i:
muhim sf

1. Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyat jihatdan birinchi darajali. Muhim masala. Muhim ish. Muhim voqea. ▬ Anvar atrof hokimlaridan bu kun kelgan noma va arizalarning muhimini ahamiyatsizidan ajratib, hudaychiga topshirish uchun tayyorlar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: ahamiyatsiz , arzimas
Sinonim(lar)i: ahamiyatli , asosiy [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: muqim – [a] Turg‘un, doimiy.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ahamiyatli – e’tiborli – muhim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.