1. sft. ft. Oy chiqib, hamma yoq oy nuri bilan yorigan, yorug‘. Oydin kecha, ▬ Kecha oydin, qabriston tip-tinch. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 2. Oy nuri, yog‘dusi. [Otabek] Ichidan taqingan xanjarini qinidan sug‘urib oldi-da, damini oydinga solib boqdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar Olisdagi uylarning toshari oydinda yiltiraydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
3. ko‘chma hma Aniq, ko‘rinib, bilinib turgan, ravshan. Bu masala hamma uchun oydin. ▬ [Nor:] Hammaga qorong‘i bo‘lsa ham, menga oydin. Hamza, Paranji sirlari Bular bari, og‘a, oftobday oydin gaplar, lekin shularni Yaxshiboyevning ham o‘ylagan-o‘ylamaganligi meni bir oz taajjubga soladi. M. M. Do‘st, Lolazor.
4. 4. Oydin (xotin-qizlar ismi).
1. oydinda oyog‘i bajarib qo‘ymoq: -
2. oydinda oyog‘i bilan qilib qo‘ymoq: -
3. oydinda oyoq bajarib qo‘ymoq: -
4. oydinda oyoq bilan qilib qo‘ymoq: -
1. Aniq – ochiq – yaqqol – ravshan – yorqin – oydin – ayon Bo‘yog‘iga ko‘ra (kitobiylik belgisining kam-ko‘pligiga ko‘ra)
2. Ravshanlanmoq – oydinlashmoq – ayon bo‘lmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra ko‘ra)