Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {albatta}
So‘z bo‘g‘inlari: al-bat-ta
Izoh(lar)i:
albatta ys

1. 1. Fikrning yoki ish-harakatning qat’iyligini, muqarrarligini, shubhasiz ekanligini bildiradi. Qori o‘rikdan ikkitasini Sidiqjonga uzatdi: — Zap o‘rik ekan-da, kanal bitib, suv serob bo‘lib, bog‘-rog‘ qilganimizda, albatta, shuning danagidan ekamiz. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. krsh. s. vzf. zf. Shunday mazmunli munosabatni bildiradi; shubhasiz, turgan gap, tabiiy, bo‘lmasa-chi. Men, albatta, ko‘zingizning oq-u qorasi bo‘lgan yolg‘iz qizingizni yaramas, bo‘lmag‘ur kishiga tutib berarsiz, deb bilmayman. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.

1. albatta I Ravish
shak-shubhasiz, qat’iy, so‘zsiz (hol vazifasida)

2. albatta II Modal
kirish so‘z vazifasida keladi

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.