Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yordam}
So‘z bo‘g‘inlari: yor-dam qil-moq
Izoh(lar)i:
yordam [yor-dam ]

1. Biror ishni bajarishda ko‘maklashish, qarashish; ko‘mak, madad. Ertasiga qo‘shni brigadadan ketmonchilar ham yordamga kelishdi. I. Rahim, Chin muhabbat

2. Ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy ko‘mak. Abdishukur amakisining yordami bilan nihoyat bir boyga mirza bo‘ldi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. Moddiy ko‘mak; pul, mablag‘. Ochilning uydan oladigan yordami katta emas edi. P. Qodirov, Uch ildiz

4. Foydali ta’sir, naf. Bemorga bu dori ham yordam bermadi. -

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.