Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yolg‘onchi}
So‘z bo‘g‘inlari: yol-g‘on-chi
Izoh(lar)i:
yolg‘onchi ot

1. Yolg‘on gapiradigan odam; aldamchi; kazzob. Yolg‘onchiga qo‘shilma, rost so‘zingni yashirma. Maqol
— Yolg‘onchi ekan-siz, o‘tinchi bola, — deb qiz paqirini yerga qo‘ydi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
— Asadning oldida yolg‘onchi bo‘lmay deyapman-da, — chaynaldi Ahmad. F. Musajonov, Himmat
Qizil gulni bog‘la-dim arg‘amchiga, Qaydin ham ko‘ngil berdim yolg‘onchiga. Oq olma, qizil olma

Antonim(lar)i: rostgo‘y [f-t]
Sinonim(lar)i: kazzob [a], aldamchi , aldoqchi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.