Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {aldamchi}
So‘z bo‘g‘inlari: al-dam-chi
Izoh(lar)i:
aldamchi [al-dam-chi ]

1. Kishini aldashga, avrashga, laqillatishga usta; aldoqchi. Bir aldamchi, o‘zing kashmir bo‘lmasang, Madinadan darrov qanday kelasan?! Yodgor

2. Firibgar, qallob. Bularning kayflari shunchalik chog‘ ediki, ko‘rgan kishi., yaxshi, bor barakadan boshi osmonga yetgan aldamchi savdogarmi deb o‘ylar, muqarrar shunday deb o‘ylar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Va’dasida turmaydigan; subuti yo‘q; va’dasiz. — Aldamchi! — Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Chalg‘ituvchi, chalg‘itadigan, aldaydigan. Ko‘nglida bir lahza uchgan behuda, aldamchi xayollardan qutuldi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aldamchi – firibgar – qallob
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.