1. 1. Yolg‘on so‘zlar so‘zlovchi, yolg‘onchi, aldoqchi.
— Men uni do‘st deb yursam, ilonning yog‘ini yalagan kazzob ekan, — dedi Ostona-qul.
S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
Zahroni tilga olishi bilan riyokor mutavallining xunuk ko‘zlari, cho‘qqi soqoli ko‘ziga ko‘rinib ketdi: Ha, kazzob — deb so‘kinib qo‘ydi.
M. Osim, Elchilar
2. 2. Shunday shaxsga nisbatan so‘kish, haqoratni bildiradi.
Ho‘v, kazzob! Qarzingni uzmay, nerga borasan?
S. Siyoyev, Avaz